O‘zbekistonni guruhdan olib chiqqan Ne’matjonov Messi olgan sovringa da’vogar!
Argentinada 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati qizhin pallaga kirdi. Ushbu nufuzli musobaqada mezbonlar bilan bir guruhdan joy olgan O‘zbekiston terma jamoasi argentinaliklarga qo‘shilib, musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.
Jahon chempionati tashkilotchisi – FIFA musobaqa to‘purarlariga oid qiziqarli ma’lumotlarni e’lon qildi.
Quvonarli tomoni shundaki, xalqaro tashkilot musobaqa “Oltin butsa”siga da’vogarlar qatoriga Gvatemala darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilib, futbolchilarimizning guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlagan Shahzod Ne’matjonovni ham kiritdi.
Demak, hozircha to‘purarlar poygasida raqiblar darvozasini uch marotabadan ishg‘ol qilgan 3 gola Alexo Velis ( Argentina), Jastin Kuero (Ekvador) va Markos Leonardo (Braziliya) peshqadamlik qilmoqda.
Ularni ikkitadan gol urgan Alan Minda, Xose Klinger va Kristoper Sambrano (Ekvador), Keyd Kouell (AQSh), Chezare Kasadey (Italiya), Luka Romero (Argentina), Matias Abaldo ( Urugvay), Adama Bodjang (Gambiya), Mate Solgai (Slovakiya) hamda Shahzodjon Ne’matjonov (O‘zbekiston) ta’qib qilib kelmoqda.
Ta’kidlash joizki, jahon futbolida 20 yoshli o‘yinchilar mundialida porlagan va keyinchalik milliy terma jamoa uchun eng ko‘p gol urgan hujumchi Lionel Messi hisoblanadi. Leo 2005 yili 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar chempionatida to‘purar bo‘lgan va musobaqa “Oltin butsa”sini qo‘lga kiritgan.
Keyinchalik Messi faoliyatini professional darajaga ko‘tarib, Argentina milliy terma jamoasi uchun esa 174 ta bellashuvdagi gollari sonini 102 taga etkazib oldi.
Xalqaro maydonda Messidan faqat ikkita futbolchi – Krishtianu Ronaldu (198 ta uchrashuvda 122 ta gol) va eronlik Ali Dayi (148 ta uchrashuvda 109 ta gol) ko‘proq to‘p kiritgan.
20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatlari tarixida quyidagi o‘yinchilar musobaqalarda eng yaxshi to‘purarga atalgan “Oltin butsa”ga ega chiqqan.
1979 yil: Ramon Dias – Argentina (8 ta gol)
1981 yil: Mark Kussas – Avstraliya (4 ta gol)
1983 yil: Jovani Silva – Braziliya (6 ta gol)
1985 yil: Sebastyan Losada – Ispaniya (3 ta gol)
1987 yil: Marsel Vitechek – Germaniya (7 ta gol)
1989 yil: Oleg Salenko – SSSR (5 ta gol)
1991 yil: Sergey Sherbakov – SSSR (5 ta gol)
1993 yil: Genri Zambrano – Kolumbiya (3 ta gol)
1995 yil: Xoseba Echeberria – Ispaniya (7 ta gol)
1997 yil: Adaylton – Braziliya (10 ta gol)
1999 yil: Pablo Kunago – Ispaniya (5 ta gol)
2001 yil: Xaver Saviola – Argentina (11 ta gol)
2003 yil: Eddi Djonson – AQSh (4 ta gol)
2005 yil: Lionel Messi – Argentina (6 ta gol)
2007 yil: Serxio Aguero – Argentina (6 ta gol)
2009 yil: Dominik Adiya – Gana (8 ta gol)
2011 yil: Enrike – Braziliya (5 ta gol)
2013 yil: Ebenezer Assifua – Gana (6 ta gol)
2015 yil: Viktor Kovalenko – Ukraina (5 gol)
2017 yil: Rikkardo Orsolini – Italiya (5 ta gol)
2019 yil: Erling Xoland – Norvegiya (9 ta gol)
O‘zbekiston – Yangi Zelandiya: Hal qiluvchi o‘yin oldidan muhim faktlar!
Masharipov ham Ronaldudan foydalanib qolishi kerak...
Premer-liga bilan xayrlashgan legionerimiz faoliyatini qaerda davom ettirishini aytdi
Bahaybat futbolchi tezlikda Shomurodovga etib oldi
Shomurodov va Nzola "Milan"ga qarshi jasorat ko‘rsatishi kerak!
Fikrlar