
O‘zbekistonning chorak finaldagi raqibi ma’lum!
U23 Osiyo Kubogi so‘nggi turi doirasidagi Iroq - Quvayt o‘yini yakuniga etdi. Unda iroqliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Hisob nominal mezbonlar futbolchisi Al-Rashidi tomonidan 12-daqiqada ochildi. Ammo bunga mezbonlar Muntander, Og‘aili hamda G‘uraybavining aniq zarbalari evaziga 3 bor javob qaytardi.
Shu tariqa, Iroq "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-offga chiqdi. Chorak finalda ular Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston OTJ bilan kuch sinashadi.
Fikrlar