O‘zbekistonning g‘alabasiga Hindistondan qanday munosabat bo‘ldi?
Qatar mezbonlik qilayotgan Osiyo kubogi guruh bosqichi ikkinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hindistonlik futbolchilarni yirik hisobda mag‘lub etdi.
O‘yinda katta ustunlikka ega bo‘lgan hamyurtlarimiz raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritdi va birinchi turda Suriya bilan durangdan keyin dastlabki g‘alabasini nishonladi. Umumiy hisobda to‘rt ochko jamg‘argan futbolchilarimiz guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi va 13 yanvar kuni Avstraliyaga qarshi o‘tkaziladigan bahs oldidan pley-offga chiqish uchun yaxshi imkon hosil qilgan.
Uchinchi tur uchrashuvida har qanday ijobiy natija Srechko Katanets jamoasini nimchorak finalga olib chiqadi.
O‘zbekiston va Hindiston terma jamoalar o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin hind matbuoti ushbu bahsga o‘z bahosini berdi.
Hindistonlik futbolchilar O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi o‘yinning ilk daqiqalarida avstraliyaliklarga qarshi butun bellashuv davomida ko‘rsatmagan qat’iyatni namoyish eta oldi. Lekin o‘zbeklar qisqa fursatda ularni himoyadagi xatolar uchun ayovsiz jazoladi.
Birinchi bo‘lim yarmigacha ikkita to‘p o‘tkazib yuborgan hindistonliklar hujumga zo‘r berib vaziyatni o‘nglamoqchi bo‘ldi. Lekin tanaffus oldidan O‘zbekiston futbolchilari uchinchi golini ham urib, hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
Hindiston bu o‘yinda bir-kki marta to‘p kiritishga yaqin kelgan bo‘lsa-da, hali qit’a chempionatida gollari hisobini ocha olgani yo‘q.
Ikkita mag‘lubiyatga qaramay, Hindiston terma jamoasida 23 yanvar kuni Suriya bilan bo‘ladigan bahs oldidan keyingi bosqichga chiqishga kichik bo‘lsa ham, nazariy jihatdan imkoniyat bor.
Hindistonliklar musobaqaning ilk uchrashuvida ancha qudratli Avstraliyaga 0:2 hisobida yutqazganidan keyin O‘zbekistonga qarshi bellashuvda ijobiy natija qayd etishni ko‘zlagan edi.
Lekin Abbosbek Fayzullaev, Igor Sergeev va Sherzod Nasrullaev tomonidan kiritilgan gollar bunga yo‘l qo‘ymadi.
Hindlar uchrashuvda ancha bo‘sh harakat qildi, yuzaga keltirilgan kam sonli xavfli vaziyatlardan foydalana olmadi. Bu gal Avstraliya bilan bo‘lgan o‘yinga qaraganda burchak zarbasi ishlash, to‘pga egalik qilish, raqib darvozasi tomon zarba berish kabi vaziyatlar ko‘proq bo‘ldi. Biroq gol o‘tkazib yuborilgan holatlar ham birinchi uchrashuvdagidan bittaga ortdi. Eng katta muammo – Hindiston terma jamoasining musobaqada gol ura olmayotganidir.
Endi guruhdagi uchinchi uchrashuv Suriya terma jamoasi qarshi o‘tkaziladi. Bo‘lajak uchrashuvdagi g‘alaba keyingi bosqichga chiqish umidini uyg‘otadi.
O‘zbekiston terma jamoasi kiritgan uchta gol Hindistonning Osiyo kubogi pley-offiga chiqish orzusiga katta zarba bo‘ldi.
O‘yin boshida Abbosbek Fayzullaev hisobni ochgan bo‘lsa, 18-daqiqaga kelib, Igor Sergeev ikkinchi urinishda darvozani ishg‘ol qildi.
Hindlar ikkita to‘p o‘tkazib yuborganidan keyin o‘yinini kuchaytirishga harakat qildi. Aksiga olib, Sherzd Nasruddaevning birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasidagi goli hammasini barbod qildi.
Hindiston terma jamoasi vakillari kkinchi bo‘limda keskin hujumlar uyushtirgan bo‘lsa-da, O‘tkir Yusupovning nozik nuqtasini topa olmadi.
Guruh bahslaridagi ketma-ket ikki mag‘lubiyat hali birorta ochko jamg‘ara olmagan Hindiston terma jamoasini jadvalning tubiga tushirib yubordi.
O‘zbekistonlik futbolchilar hindistonliklar himoyasining xatolaridan unumli foydalandi. Ular o‘yin tizginni o‘zida saqlab turgan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda raqibda ham gol urish uchun qulay vaziyatlar yuzaga keldi.
O‘zbeklar ancha xotirjam o‘ynadi. Bahsning ikkinchi yarmida ham Hindiston terma jamoasi darvozasiga bir necha marta xavf soldi. Hisob esa, o‘zgarmay qoldi – 3:0.
Endi “V” guruhining uchinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasi olti ochko bilan peshqadamlik qilayotgan Avstraliyaga, hindistonliklar esa, bir ochko bilan o‘zlaridan bir pog‘ona yuqorida turgan Suriya futbolchilariga qarshi o‘yin o‘tkazadi.
Hindlar qaysi futbolchilarimizdan cho‘chiyapti?
Shomurodovning sensatsion transferiga nima xalaqit qilyapti?
Germaniyalik ekspertlar Hindiston bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qanday baho berdi?
Fikrlar