Hindlar qaysi futbolchilarimizdan cho‘chiyapti?

  • 18 yanvar, 2024, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 5
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turidan o‘rin olgan Hindiston va O‘zbekiston o‘yini har ikki terma jamoa uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o‘yidagi g‘alaba g‘olib jamoaning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Hindistonning  theweek.in sayti eksperti Kartik Ravindranat uchrashuv oldidan O‘zbekiston milliy terma jamoasining e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlarini tahlil qilib berdi.

Sports.uz portali ushbu materialni o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiborga havola qilishni ma’qul topdi.

Guruh bahslarining birinchi turida Avstraliyadan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun hind futbolchilari o‘zbeklar bilan bo‘ladigan bahsda hech bo‘lmasa durangni qo‘lga kiritishi kerak. Bunga amalda erishishdan gapirish ancha oson. Markaziy Osiyo jamoasi qit’ada tobora o‘sib bormoqda va FIFAning so‘nggi reytingida Hindistondan 34 pog‘ona yuqoridan joy oldi.

2023 yil davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 15 ta uchrashuv o‘tkazib, ulardan to‘qqiztasida g‘alaba qoo‘ondi, to‘rt marta durang o‘ynadi va atigi ikki bor mag‘lub bo‘ldi. Raqiblarga 27 ta gol urib, o‘z darvozasidan 14 ta to‘p olib chiqdi. O‘zbekistonliklar FIFA reytingida o‘zidan yuqorida turgan Venesuela (1:1), Meksika (3:3) va Eron (2:2) kabi kuchli terma jamoalar bilan durang o‘ynadi.

IMG_1332

Taqqoslash uchun – Hindiston yil davomida 17 ta o‘yin o‘tkazib, sakkizta g‘alaba, beshta durang va to‘rtta mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati 21:14.

Eldor Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi uchun katta yo‘qotish hisoblanadi. 28 yoshli hujumchi ko‘p qirrali, baquvvat, yuqoridagi to‘plar uchun yaxshi kurashadi, tezligi katta va driblingga usta.  Evropa futbolidan bahra olgan ana shunday kuchli o‘yinchining o‘z terma jamoasiga yordam bera olmasligi hindistonliklarga qo‘shimcha stimul bo‘lib xizmat qilishi kerak.

Biroq Shomurodovning yo‘qligi tarkibdagi yosh futbolchilarga o‘zlarini ko‘rsatish uchun ajoyib imkoniyat hisoblanadi. O‘zbeklarda Abbosbek Fayzullaev timsolida zo‘r yosh hujumchi bor. 20 yoshli bu yigit hujumchida ham, yarim himoyachi o‘rnida ham birdek samarali o‘ynay oladi.

Abbosbek 2023 yilda mamlakatning eng zo‘r futbolchisi sifatida e’tirof etildi. Evropaga yo‘l olib, TsSKAdan qo‘nim topdi.

IMG_1343

22-raqam egasi Osiyo kubogini zaxira o‘rindig‘idan boshladi. Suriya bilan bo‘lgan o‘yinda jamoasiga g‘alaba taqdim eta olmagan bo‘lsa-da, o‘yinni sezilarli darajada kuchaytira oldi. Fayzullaev Hindistonga qarshi uchrashuvda nimalarga qodirligini isbotlashga urinib ko‘rishi hozirdan ma’lum.

Osiyo kubogining yana bir yorqin yosh o‘yinchisi Abduqodir Husanovdir. Uni Yaponiya, Janubiy Koreya, Eron kabi qudratli terma jamoalar futbolchilari bilan bir safda e’tirof etishmoqda. 19 yoshli markaziy himoyachi Frantsiya yuqori divizionida “Lans” sharafini himoya qilmoqda. Bu mavsum jami sakkizta uchrashuv o‘tkazdi va shulardan ikkitasi Evropa Chempionlar ligasida “Arsenal” hamda “Sevilya” bilan bo‘lgan bellashuvlardir.

25-raqamda to‘p tepayotgan Husanov Suriyaga qarshi bahsda to‘liq harakat qildi. Yosh bo‘lishiga qaramay, juda tartibli o‘ynadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori ekanini namoyish qildi. Abduqodir o‘zi bilan yonma yon o‘ynayotgan tajribali jamoadoshlari bilan Hindiston futbolchilarining har qanday hujumini bartaraf etishga tayyor, - deb yozdi Hindistonning  theweek.in sayti eksperti Kartik Ravindranat.

Abduqodir Khusanov

Eslatib o‘tamiz, Hindiston va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 18 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 18:30 da boshlanadi.

Shomurodovning sensatsion transferiga nima xalaqit qilyapti?

Germaniyalik ekspertlar Hindiston bilan o‘yin oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga qanday baho berdi?

Mashhur klub Fayzullaevning sherigi bo‘yicha muzokara boshladi

Bu transfer amalga oshsa, Husanov muntazam asosiy tarkibda o‘ynaydi!

Ikki legionerimiz uchun Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston klublari kurashyapti

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!

O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Козимжон Дехконов
18/01/2024 11:54
Нахотки Хиндистон билан хам хисоблашсак. Демак, Хиндлар анча усишга эришган, биз бир жойда котиб колганмиз. Бир пайтлар бу жамоаларни менсимасдик
18/01/2024 14:23
Bir joyda qotib qolganigni qaeringa qarab fol ochdin ozbekiston tarihida top-5 chempionatda oynagan oyinchin bormidi toki Eldor otguncha Rossiya premer ligasida muntazam oy oyinchisi bolgan futbolchin bormidi yoki gresiya turkiya chempionatida yevropa chempionlar ligasida oynagan zor himoyachilarin bolganmi Uzbekiston terma jamoasi mazmunli oyin namoyish etvotti jamoada raqobatham yahshi trener ham yahshi buniyam shunaqa qilib ketkizinglar keyin koramiz ahvollaringni Katanesni soginishlaringni yo ozbekiston tarihida meksika venesuela AQSH bilan oynaganini koruvmidin ishlagandan keyin kamchilik boladida suriyani yutmagan bolsa nima bopdi ja fojiamas bu yutkazmadiku hattoki Rubin ham Barcelonani yutgan davrida SSKA Realni yutgan
Rasul M
18/01/2024 11:44
Lekin shu salbiy fikirlar bildiradigan akilli olimlar nega shu murabbiylik kurslariga topshirmaysanlar...murabbiy ham kolidagi jamoadan maximum foydalanyapdi...Fayzullayevdan boshka jamoalar korkishyapdi katanes ham shuni bilip uni ikkinchi taymda tashlayapdi
Rasul M
18/01/2024 11:41
Murabbiy taktikani zor tanlayapdi..ikinchi oyinda oston urunovni orniga sergeev tushsa yahshi bolardi...masharipov nima qilsayam tajribasi bor kuchli futbolchi...uzbekistonlik bolmasamham uzbekistonin oyini odamni quvontiradi jamoada motivatsiya kuchli harakter korsata oladi yigitlar...
Шоим Зарипов
18/01/2024 10:41
Эй чаласавод журналистлар биринг 18'30 биринг 19'00 биринг 19'30 деб ёзасан уйкидан колганми санлар нима бало санларга айтаманку чиновники тагидан ёлгиз утманглар хе онлайн укиганлар.