O‘zbekistonning Osiyo chempionatidagi raqibi UEFA kubogi g‘olibi bilan o‘ynaydi
Xabaringiz bor, 1-11 fevral kunlari Xitoy Taypeyi mamlakatida futzal bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston futzal terma jamoasining mazkur turnir guruh bosqichidagi raqibi bo‘lgan Tojikiston futzal terma jamoasi ushbu turnirga tayyorgarlik doirasida Qozog‘istonning Olmota shahrida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Tojikiston Futbol Federatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, Xusayn Shodiev shogirdlari 27 yanvar sanasida Qozog‘istonning 15 karra chempioni, ikki karra UEFA kubogi g‘olibi bo‘lgan “Qayrat” jamoasiga qarshi, 28 yanvar sanasida esa Qirg‘iziston terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi.
Tojikistonliklar Olmota yig‘iniga quyidagi tarkibda ketishdi.
Darvozabonlar: Firuz Bekmurodov («DISI Invest»), Murodullo Alikulov («Sino»);
Maydondagi futbolchilar: Dilshod Salomov, Sobirdjon Gulyakov, Shavkat Xalimov, Raxmonali Sharipov, Umed Kuziev (barchasi – «DISI Invest»), Fayzali Sardorov, Nekruz Alimaxmadov, Muxammadjon Sharipov, Ikbol Vositzoda (barchasi – «Sipar»), Firuz Sangov («Soro kompaniya»), Baxodur Xodjaev («Sadovaya»), Rustam Xamidov («San Siti», Qirg‘iziston).
Ma’lumot uchun, terma jamoamiz OChda Tojikiston (3 fevral)dan tashqari, Yaponiya (1 fevral) va Janubiy Koreya (5 fevral) termalari bilan bir guruhdan egallagan.
Fikrlar