O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi ikkinchi o‘yinda ham Tojikistonni mag‘lub etdi
Maskatdagi "Sulton Qobus" stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar minimal hisobda raqibdan ustun keldi. Uchrashuvdagi yagona gol 57-daqiqada Al-Hajri tomonidan kiritildi.
Qayd etish joiz, bundan 3 kun oldin bo‘lib o‘tgan o‘zaro qarama-qarshilikda ham ummonliklar zafar quchishgan edi - 2:1.
Eslatib o‘tamiz, Ummon terma jamoasi Osiyo kubogi-2019 musobaqasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bir guruhdan joy olgan.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
Ummon - Tojikiston 1:0
Gol: Al-Hajri (57)
Ummon: Ahmad Al Ravohi, Muhammad Al Mussalami, Muhammad Al Blushi, Xolid Alxajri, Eid Al Farsi, Saad Suhail, Ahmad Muborak, Ali Al Busaidi, Harib Al Sadi, Saloh Al Yaxyo, Muhammad Xassib.
Tojikiston: Fatxullo Boboev, Vaxdat Xanonov, Xurshed Beknazarov, Xuseyn Nurmatov, Zoir Jo‘raboev, Karomatullo Saidov, Axtam Nazarov, Muxammadjon Raximov, Shervoni Mabatshoev, Sharafjon Solexov, Sheriddin Boboev.



Fikrlar