Ozgina kut, seni Superligadan olib ketamiz!

  • 10 sentabr, 2024, 09:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Napoli” rahbariyati bilan munosabati buzilgan Viktor Osimxenni o‘yin amaliyotisiz qolib ketmaslik uchun Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lgan edi.

Nigeriyalik futbolchi ijara asosida “Galatasaroy”da to‘p tepadi. Biroq ayrim insayderlarning ta’kidlashicha, mohir to‘purar Turkiyada uzoq qolmaydi.

Yozgi transferlar vaqtida Osimxenni o‘z safiga qo‘shib olishga ulgurmagan “Chelsi” endi boshlangan ishni yanvar oyida yakunlab qo‘ymoqchi.

Viktor Osimxenning o‘zi ham tanlovni cho‘zib yuborish uning zarariga ishlashini tushunib etgan bo‘lsa kerak. Har qanday futbolchiga Turkiya chempionatidan ko‘ra, dunyoning eng zo‘r ligasi sifatida e’tirof etiladigan Angliya Premer-ligasida o‘ynash ma’qul.

Transferlar bo‘yicha ekspertlar bu transfer “Chelsi”ga 75 million evroga tushishini ta’kidlamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!