O‘zilning "Arsenal"dagi taqdiri aniq

  • 12 may, 2020, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zilning agenti Erkut Sogut mijozi “kanonirlar” bilan shartnomani uzaytirmasligini aytdi.

“Mesutning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi yana bir yildan so‘ng o‘z nihoyasiga etadi. Bu borada hech narsa o‘zgarmaydi. Keyin nima bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi. U shartnoma tugaganda 32 yoshda bo‘ladi va shu bois yana bir necha yil o‘ynashi mumkin. U oilasi bilan maslahatlashgan holda qaror qabul qiladi. “Fenerbaxche”ning qiziqishi haqida esa hech narsa bilmayman”, - deydi agent.

O‘zil “Arsenal” safida 2013 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!