Paketa "Aston Villa"ga o‘tishi mumkin

  • 31.08.2025 03:39
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Birmingemning "Aston Villa" klubi "Vest Xem" yarim himoyachisi Lukas Paketa bilan shartnoma imzolash arafasida. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, braziliyalik futbolchi ijara asosida "Aston Villa"ga o‘tib, keyinchalik uni majburiy tarzda sotib olish shartnomasiga qo‘shiladi. Umumiy kelishuv qiymati bonuslar bilan birga 47 million funtni tashkil qilishi mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, Paketa transferga rozilik bergan.

O‘tgan mavsum APL doirasida futbolchi 33 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 10 marta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!