
Pakyao Meyvezer bilan revansh haqida gapirdi
Filippinlik bokschi Menni Pakyao Floyd Meyvezer bilan revansh uchrashuvi haqidagi muzokaralar borasida savolga javob berdi. Sportchi yangi ma’lumotga ega emasligini aniq aytdi.
"Bizning vakillarimiz o‘zaro kelishib olmoqdalar. Biz nima bo‘layotganini bilmaymiz. Menda yangilik yo‘q”,- degan so‘zlaridan Daily Mirror iqtibos keltirmoqda.
Meyvezer hamda va Pakyao o‘rtasidagi birinchi jang 2015 yil 2 mayda bo‘lgan edi. Unda hakamlarning qarori bilan AQShlik bokschi g‘alaba qozongan edi.
Fikrlar
Lekin xakamlar Mayvezerga galabani tortiq qilishgandi.