Pankration bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida qaysi viloyat jamoasi g‘olib bo‘ldi yoxud navbatdagi bekat Farg‘ona!

CHERY AUTO

Buxoro shahri mezbonlik qilgan navbatdagi pankration bo‘yicha O‘zbekiston chempionati ham yuqori notada o‘z yakuniga etdi. Mazkur chempionat o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida tashkil etiladi. Ya’ni, 12-13, 14-15, 16-17, 18-20 yosh va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, 16-17, 18-20 va kattalar o‘rtasidagi bahslar joriy yil oktyabr oyida Toshkentda tashkil etiluvchi jahon chempionatiga saralash vazifasini ham o‘tab berdi. 3 kun davom etgan mamlakat birinchiligi keskin va shiddatli kurashlarga boy tarzda kechdi. Umuman olganda tashkilotchilik va janglarning saviyasi yuqori darajada bo‘ldi. 
Yakunda, umumjamoa hisobida buxorolik sportchilar 7 ta oltin, 6 ta kumush, 14 ta bronza medali bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. 7 oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza bilan Toshkent shahri jmoasi 2-o‘rinni band qilgan bo‘lsa, 3 ta oltin 7 ta kumush bilan qashqadaryolik pankrationchilar 3-o‘rinni egallashdi. 
Shu tariqa pankration bo‘yicha O‘zbekiston chempionati  g‘olib va sovrindorlari aniq bo‘ldi. Navbatdagi bekat Farg‘ona! 28-30 avgust kunlari vodiyning eng so‘lim shahri greppling bo‘yicha O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi. 

Tecno

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!