
Pankration va greppling: Andijon viloyati terma jamoasi "Yangi O‘zbekiston" kubogi sohibi!
1-3 iyul kunlari Farg‘ona shahrida O‘zbekiston pankration va greppling assotsiatsiyasi tomonidan "Yangi O‘zbekiston" kubogi tashkil etildi.
17-18, 18-20 yosh va kattalar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan, musobaqa juda qiziqarli tarzda kechdi. Assotsiatsiya tomonidan sportchilar 3 mahal issiq ovqat va yotoqxona bilan ta’minlandi. Murosasiz kechgan bahslarda Farruh Madaminov boshchiligidagi Andijon viloyati terma jamoasi pankration yo‘nalishida ham greppling borasida ham 1- o‘rinni qo‘lga kiritib, har ikki kubokka ega chiqishdi. 2- o‘rinni Toshkent va 3- o‘rinni farg‘onalik sportchilar qo‘lga kiritdi.
Fikrlar