Asosiy mazmunga oʻtish

Para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi

Joriy yilning 8-9 oktyabr kunlari Toshkent viloyatida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv omborida para akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Unda mamlakatmizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 70 nafarga yaqin sportchi 6 ta klassda g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqaning tantanali taqdirlash marosimida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q