
Para dzyudo. Aleksandriya Gran-prisining dastlabki kunida 2 ta oltin va 1 ta kumush medal qo‘lga kiritildi
Para dzyudo bo‘yicha Aleksandriya shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro Gran-prining dastlabki kunida 3 nafar hamyurtimiz shoxsupaga ko‘tarildi.
Jumladan, erkaklar o‘rtasida J2 klassida -60 kg vazn toifasining final bellashuvida ikki nafar hamyurtimiz – Sherzod Namozov hamda Kemran Nurilloev o‘zaro bahs olib bordi. Yakunda oltin medal Nurilloevga nasib etdi, Namozov esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, ayollar o‘rtasida J2 klassida -57 kg vazn toifasida hamyurtimiz Kumush Xadjaeva finalda qozog‘istonlik Dayana Fedossovaga qarshi tatamiga chiqdi va g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa Misrdagi xalqaro Gran-prining ilk kunida terma jamoamiz a’zolari delegatsiyamiz hisobiga 2 ta oltin va 1 ta kumush medal yozdirib qo‘yishdi.
Fikrlar