Para dzyudochilarimizning oltin va bronza medallari yo‘lidagi raqiblari ma’lum!

  • 28 avgust, 2021, 11:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Yana birozdan so‘ng para dzyudo bo‘yicha Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarida sovrinli o‘rinlar uchun bellashuvlar boshlanadi.

Tecno

Aytish kerakki, jami 4 nafar hamyurtimiz medallar uchun tatamiga chiqadi. E’tiborlisi, shulardan 3 tasi finalda oltin medal uchun kurashadi.

Ayollar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida hamyurtimiz Nafisa Sheripboeva bronza medali uchun ispaniyalik Marta Archega qarshi, ayollar o‘rtasida -57 kg vazin toifasida hamyurtimiz Parvina Samandarova finalda ozarbayjonlik Sevda Valievaga qarshi, erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida hamyurtimiz Feruz Sayidov finalda qozog‘istonlik Temirjan Dauletga qarshi, erkaklar o‘rtasida -81 kg vazn toifasida hamyurtimiz Dovurxon Karomatov finalda ozarbayjonlik Xuseyn Raximliga qarshi tatamiga chiqadi.

Sportchilarimizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz! Olg‘a, O‘zbekiston!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!