Para shaxmatchimiz Osiyo chempioni bo‘ldi!

  • 07.12.2025 15:37
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Filippin davlatining Kavite provintsiyasida joylashgan Tagaytay shahrida imkoniyati cheklangan shaxmatchilar o‘rtasida III - Osiyo chempionati yakunlandi. Unda Qozog‘iston, Filippin, Indoneziya, O‘zbekiston, Tailand va Vetnam davlatlari vakillari chempionlik uchun o‘zaro bellashishdi.

Tecno

Ko‘rishida, tayanch-harakat tizimida hamda eshitishida nuqsoni bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida o‘tkazilgan qit’a chempionatida Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi shaxmat guruhi sho‘g‘ullanuvchisi Azizbek Safarov (murabbiylari: Yusufboy Sodiqov, Dinara Alibekova) O‘zbekiston terma jamoasi safida munosib ishtirok etdi.

Urganchlik para shaxmatchi o‘z yosh toifasida standart yo‘nalishida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!