Para stol tennischilarimiz ilk xalqaro musobaqaga yo‘l oldi
Yurtimizda yangi rivojlanib borayotgan istiqbolli sport turlaridan biri bu para stol tennisidir.
Bugun para ston tennisi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ilk xalqaro musobaqaga yo‘l oldi. Aniqrog‘i, vakillarimiz 21-25 iyun kunlari Chexiyaning Ostrava shahrida bo‘lib o‘tadigan Chexiya ochiq chempionatida ishtirok etishadi. Ta’kidlash kerakki, ushbu musobaqa Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolari berishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Chexiyadagi turnirda mamlakatimiz sharafini ikki nafar sportchi – Rasul Atamuradov hamda Izzat Xamraev himoya qiladi.

Fikrlar