Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi (foto)

CHERY AUTO

“Amirsoy” tog‘ chang‘i kurortida O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan ilk bor para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.

Tecno

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, O‘zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmud Boltaboev, “Amirsoy” tog‘ chang‘i kurorti bosh direktori Saidvali Saidxo‘jaev so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda hurmatli Prezidentimiz tomonidan qishki sport turlariga ham alohida e’tibor qaratilayotgani va barpo etilayotgan zamonaviy sport majmualaridan unumli foydalangan holda para atletlarimizni qishki Paralimpiya o‘yinlarida ham munosib ishtirok etishini ta’minlash bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilayotganini ta’kidlashdi.

Qiziqarli kechgan musobaqa yakunlariga ko‘ra, para tog‘ chang‘isi bo‘yicha ayollar o‘rtasida Asel Turdimuratova g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin esa Yulduz Maxmudovaga nasib etdi. Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda Firdafs Xudoyatovga teng keladigani topilmadi. Kumush medalga Kamron Abduvohidov sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, para snoubord hamda aravachada kyorling bo‘yicha saralash tadbirlari o‘tkazilib, iqtidorlilar tanlab olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!