Parades: Messini bunchalik baxtli ko‘rmagan edim

  • 17 iyul, 2021, 12:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Argentina terma jamoasi hamda PSJ klubi yarim himoyachisi Leandro Paredes Amerika kubogidagi g‘alaba haqida gapirib o‘tdi.

“Nafaqat biz, balki 45 million argentinalik ham Leo terma jamoa bilan kubokni ko‘tarishini xohladi. Unga yordam berish va u bilan zavqlanish ajoyib bo‘ldi.

So‘nggi 45 kun ichida Messini bunchalik baxtli ko‘rmagandim. Unga jamoa juda yoqdi. Bu biz uchun xuddi bitiruv oqshomi kabi edi. Chindan ham bu biz orzu qilgan Amerika kubogi edi”, - dedi Parades.

Eslatib o‘tamiz, bu Messining Argentina terma jamoasi safidagi ilk sovrini bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!