Asosiy mazmunga oʻtish

Paralimpiya. Dubayda Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi Ijroiya kengashining 29-yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Baxtiyorjon Toshtemirov
Izohlar: 0

Kun tartibidan qit’a miqyosidagi muhim masalalar o‘rin olgan.

Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev 14-18 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi ijroiya kengashining 29-yig‘ilishida ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yig‘ilish davomida tashkilot faoliyatiga doir muhim masalalar qatori Toshkent-2025 yoshlar o‘rtasidagi Para Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q