
Paralimpiya. Para taekvondochilarimiz Evropa ochiq chempionatida kuchli uchlikdan joy olishdi
Bugun Frantsiyaning Montagris shahrida para taekvondo bo‘yicha Evropa ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.
Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu musobaqada ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari – Sanjar Muxtorov (bronza), Ziyoda Isoqova (bronza), Asad Toshtemirov (kumush), Guljanoy Naimova (kumush) va Javohir Aliqulov (oltin) sovrindorlar safidan joy oldi.
Yana bir e’tiborli jihati, bu safargi Evropa ochiq chempionatida dunyoning 50 ga yaqin mamlakatidan eng kuchli para taekvondochilar ishtirok etdi va yakunda 1 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza, jami 5 ta medal qo‘lga kiritgan vakillarimiz umumjamoa hisobida kuchli uchlikdan joy olishdi.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiyada bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqa kelasi yil shu mamlakat poytaxtida o‘tkaziladigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etishi bilan yanada ahamiyatlidir.
Fikrlar