Paralimpiya. Qudratullaxon Ma’rufxo‘jaev Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga ikkinchi litsenziyasini qo‘lga kiritdi!
Yaponiyaning Kobe shahri mezbonlik qilgan para engil atletika bo‘yicha jahon chempionati o‘z yakuniga etadi.
Quvonarlisi, musobaqaning so‘nggi kuni ham biz uchun muvaffaqiyatli boshlandi. Bundan biroz avvalroq erkaklar o‘rtasida F37 klassida disk uloqtirish dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Qudratullaxon Ma’rufxo‘jaev 54.11 metr natija bilan delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shib qo‘yish bilan bir qatorda Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri litsenziyani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Qudratullaxon Ma’rufxo‘jaev bundan avval ushbu jahon chempionatida yadro uloqtirish dasturida 15.68 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.
Fikrlar