Paralimpiya. Riodagi muvaffaqiyatlarimiz Tokioda ham davom etadi

  • 23 avgust, 2019, 12:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Yana bir yildan so‘ng Tokio arenalari hisob bo‘yicha XVI Paralimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Ta’kidlash kerakki, vakillarimiz bu safargi musobaqaga har doimgidan ham jiddiy e’tibor qaratishgan.

Tecno

Ular 2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tkazilgan XV Paralimpiya o‘yinlarida rekord darajadagi medallarni qo‘lga kiritishgan edi. Paralimpiyachilarimiz kunchiqar yurt poytaxtida o‘tkaziladigan navbatdagi musobaqada ushbu rekordni yangilashga bel bog‘lashgan.

Bu borada O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi rahbariyati ham sportchilarga barcha sharoitlarni yaratib, ularga faqat va faqat oliy maqsad – Tokio-2020 o‘yinlarida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston nomini yana bir bor butun dunyoga tanitishda yaqindan ko‘mak bermoqda.

Keling, shu o‘rinda biz uchun unutilmas bo‘lgan Rio-2016 Paralimpiya o‘yinlarida qayd etilgan natijalarimizni yana bir bor yodga olamiz. Braziliya poytaxtidagi musobaqada jami 32 ta paralimpiyachimiz sportning 5 ta turi bo‘yicha ishtirok etishgan edi. Natijalar esa kutilganidan ham ajoyib bo‘lgan. Vakillarimiz 8 ta oltin, 6 ta kumush va 17 ta bronza, jami 31 ta medalni qo‘lga kiritishgan. Umumjamoa hisobida esa O‘zbekiston Paralimpiya terma jamoasi 159 ta mamlakat orasida 16-o‘rinni egallagan edi. Aytish kerakki, bu mamlakat tarixidagi eng yaxshi natija bo‘ldi.

Oltin medal sohiblari:

1. Sherzod Namozov (Dzyudo, 60 kg.gacha, erkaklar) 8 sentyabr

2. Nigmatov O‘tkir (Dzyudo, 66 kg.gacha, erkaklar) 8 sentyabr

3. Xusnitdin Norbekov (Engil atletika, disk uloqtirish - F37, erkaklar) 8 sentyabr

4. Odiljon Turdialiev (Dzyudo, 100 kg.dan yuqori, erkaklar) 10 sentyabr

5. Firdavs Musabekov (Suzish, brass 100 m - SB13, erkaklar) 10 sentyabr

6. Fotima Amilova (Suzish, brass 100 m - SB13, ayollar) 10 sentyabr

7. Aleksandr Svechnikov (Engil atletika, nayza uloqtirish - F12/13, erkaklar) 14 sentyabr

8. Nozimaxon Qayumova ((Engil atletika, nayza uloqtirish - F12/13, ayollar) 17 sentyabr

Kumush medal sohiblari:

1. Kirill Pankov (Suzish, batterflyay 100 m - S13, erkaklar) 8 sentyabr

2. Muslima Odilova (Suzish, batterflyay 100 m - S13, ayollar) 8 sentyabr

3. Xayitjon Alimova (Dzyudo, 70 kg.gacha, ayollar) 10 sentyabr

4. Fotima Amilova (Suxish, kompleks, 100 m - SM13, ayollar) 10 sentyabr

5. Safiya Burxanova (Engil atletika, yadro uloqtirish - F11/12, ayollar) 14 sentyabr

6. Muslima Odilova (Suzish, erkin usulda, 50 m - S13, ayollar) 14 sentyabr

Bronza medal sohiblari:

1. Sevinch Salaeva (Dzyudo, 52 kg.gacha, ayollar) 8 sentyabr

2. Muzaffar Tursunxo‘jaev (Suzish, batterflyay 100 m - S13, erkaklar) 8 sentyabr

3. Fotima Amilova (Suzish, batterflyay 100 m - S13, ayollar) 8 sentyabr

4. Server Ibragimov (O‘q otish, pnevmatik to‘pponchadan, 10 metr - SH1, erkaklar) 9 sentyabr

5. Firuz Saidov (Dzyudo 73 kg.gacha, erkaklar) 9 sentyabr

6. Tursunpashsha Nurmetova (Dzyudo, 63 kg.gacha, ayollar) 9 sentyabr

7. Doniyor Soliev (Engil atletika, uzunlikka sakrash - T12, erkaklar) 10 sentyabr

8. Gulrux Raximova (Dzyudo, 70 kg.gacha, ayollar) 10 sentyabr

9. Shuxrat Boboev (Dzyudo, 90 kg.gacha, erkaklar) 10 sentyabr

10. Shirin Sharipov (Dzyudo, 100 kg.gacha, erkaklar) 10 sentyabr

11. Shoxsanam Toshpo‘latova (Suzish, kompleks, 100 m - SM13, ayollar) 10 sentyabr

12. Axror Bozorov (Pauerlifting, 80 kg.gacha, erkaklar) 11 sentyabr

13. Dmitriy Xorin (Suzish, erkin usulda, 400 m - S13, erkaklar) 11 sentyabr

14. Miran Saxatov Gid: Jaloliddin Xamrokurov, Mansur Abdirashidov, Doniyor Soliev, Faxriddin Xamraev (Engil atletika, estafeta 4x100 - T11-13, erkaklar) 13 sentyabr

15. Xusniddin Norbekov (Engil atletika, yadro uloqtirish - F37, erkaklar) 14 sentyabr

16. Muzaffar Tursunxo‘jaev (Suzish, erkin usulda, 50 m - S13, erkaklar) 14 sentyabr

17. Shoxsanam Toshpo‘latova (Suzish, erkin usulda, 50 m - S13, ayollar) 14 sentyabr

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Paralimpiya o‘yinlari kelgusi yilning 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar davom etadi. Bunga qadar saytimizda Yaponiyaga boradigan paralimpiyachilarimiz haqida turkum maqolalar, yangiliklar berib boriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!