Asosiy mazmunga oʻtish

Paralimpiya. Xusniddin Usmonov ham jahon kubogida shohsupaga ko‘tarildi!

Terma jamoamizning medallari 3 taga etdi.

Para pauerliftingchilarimizning Tbilisi shahrida o‘tayotgan jahon kubogidagi muvaffaqiyati davom etmoqda.

Bugun erkaklar o‘rtasida -88 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Xusniddin Usmonov umumiy 627 kg natija bilan bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, bungacha Gruziya poytaxtidagi musobaqada ayollar o‘rtasida Ruxshona O‘ktamova oltin hamda erkaklar o‘rtasida Bekzod Jamilov bronza medalni qo‘lga kiritgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q