Paraosiyo o‘yinlari xushxabar bilan boshlandi
Xabaringiz bor, bugun Indoneziya poytaxtida navbatdagi Paraosiyo o‘yinlari start oldi. E’tiborlisi, musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun omadli boshlandi.
Birinchi kun doirasidan o‘rin olgan suzish bahslarida terma jamoamiz vakillari 2 tadan oltin va kumush medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi. Erkaklar va ayollar o‘rtasida S-13 toifasida kechgan start vakillarimiz uchun omadli yakunlandi. Erkaklar o‘rtasida Dmitriy Xorlin hamda Islom Aslanov dastlabki ikki pog‘onani band etishgan bo‘lsa, ayollar o‘rtasida kechgan musobaqada vakilalarimiz Shohsanam Toshpo‘latova hamda Fotimaxon Amilova oltin va kumush medallarnibo‘lishib olishdi.
Shu tariqa terma jamoamiz vakillari 2 tadan oltin va kumush medal bilan umumjamoa hisobida hozircha uchinchi pog‘onada ketishmoqda.



Fikrlar