Paredes Argentina va Britaniya oʻrtasidagi hududiy nizo haqida fikr bildirdi
Argentina terma jamoasi yarimhimoyachisi Leandro Paredes Angliyaga qarshi o‘yindan so‘ng Malvin orollari haqidagi banner yuzasidan fikr bildirdi. Unga ko‘ra, ushbu orollar har doim Argentina hududi hisoblanadi. Paredesning intervyudan parcha El Destape nashri tomonidan e’lon qilindi.
«“Malvinas – argentinskimi?” degan yozuvli bannermi? Ular har doim argentinaniki bo‘lib qoladi», – dedi Paredes.
Argentina terma jamoasi jahon chempionati yarimfinalida Angliya ustidan qozongan g‘alabani aynan shu shior tushirilgan banner bilan nishonlagan. Unda «Malvinas – argentinskimi» degan ibora yozilgan edi. Shu harakati uchun argentinalik futbolchilar turli jazolarga – jarimadan tortib futbol bilan bog‘liq har qanday faoliyatni taqiqlashgacha duch kelishi mumkin.
Argentina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi hududiy nizo
Ikki davlat o‘rtasida Folklend (Malvin) orollari yuzasidan ko‘p yillik hududiy bahs davom etmoqda. Argentina bu hududlarni Ispaniyadan mustaqillikka erishgandan so‘ng meros tariqasida o‘ziga tegishli, deb hisoblaydi va 1833 yilda o‘rnatilgan Britaniya nazoratini tajovuz sifatida baholaydi. Masala bir necha bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) minbariga olib chiqilgan.
1982 yilda esa nizo ochiq urushga aylanib, evropaliklar g‘alabasi bilan yakunlangan. Argentina hozirgacha BMT mexanizmlari orqali orollar ustidan Britaniya hukmronligini qayta ko‘rib chiqishga urinib kelmoqda. Biroq shu kunga qadar tomonlar o‘zaro qabul qilinadigan kelishuvga erisha olgani yo‘q.

Fikrlar