
Parij-2024. Lazizbek Mullojonovning finaldagi raqibi kim bo‘ladi?
Bundan biroz avval Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining boks dasturida yana bir vakilimiz o‘zining yarim final janggini yakunladi. Erkaklar o‘rtasida -92 kg vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Lazizbek Mullojonov ushbu bosqichda tojikistonlik Davlat Boltaevga qarshi jang o‘tkazdi.
Qiziqarli va shiddatli kechgan jangda 4:1 hisobida hamyurtimizning qo‘li baland keldi. Shu tariqa Lazizbek Mullajonov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.\
Uning finaldagi raqibi ozarbayjonlik Alfonso Dominges bo‘ladi va jang 9 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar