"Parij-2024": Medallar reytingida O‘zbekiston nechanchi o‘rinda bormoqda?

  • 6 avgust, 2024, 12:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

"Parij-2024" Olimpiadasi davom etmoqda. O‘n kunlik musobaqalar yakunlariga ko‘ra, AQSh 21 ta oltin, 30 ta kumush va 28 ta bronzani qo‘lga kiritib, medallar jamg‘armasi bo‘yicha peshqadamga aylandi. Ikkinchi o‘rinda 21 oltin, 18 kumush va 14 bronza medali bilan Xitoy joylashgan.

13 oltin, 16 kumush va 18 bronza medali bilan medallar reytingida kuchli uchlikni Frantsiya yakunlab turibdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi 1 ta oltin va 2 ta bronza bilan reytingning 34-pog‘onasidan joy oldi. Biroq tez orada medallar sonida o‘zgarishlar bo‘lishi va jamoamizning yuqoriga ko‘tarilishi kutilmoqda.



Ma’lumot uchun, musobaqaning 11-kuni ya’ni 6 avgust sanasida engil atletika bo‘yicha beshta, erkin kurash, yunon-rum kurashi, elkanli sport va syorfing bo‘yicha ikkitadan medallar jamlanmasi o‘ynaladi. Bundan tashqari, olimpiyachilar bugun velosport, ot sporti va skeytbordda uchish bo‘yicha bitta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!