Parij Gran-prisi. Dastlabki kunda 4 nafar taekvandochimizga muxlislk qilamiz
Bugun Frantsiya poytaxti Parij shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri turniri start oladi. 11 oktyabrga qadar davom etadigan G6 tasnifidagi mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
Dastlabki kunida to‘rt hamyurtimiz dayangga ko‘tariladi.
-58 kg, 1/16 final bosqichi: Jahongir Xudoyberdiev - Itan Gun Yongsuk (AQSh);
+80 kg, 1/16 final bosqichi: Yodgorbek Jo‘raboev - Vasileos Toliotis (Gretsiya);
+80 kg, 1/16 final bosqichi: Marat Mavlonov - Pashko Bozich (Xorvatiya);
+67 kg, 1/8 final bosqichi: Svetlana Saidova - Naomi Alade (AQSh)/Taniya Echeverriya (Ispaniya) bahsi g‘olibiga qarshi..
Bu haqida O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar