Parij Olimpiadasi 2-saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi
Parij Olimpiadasi 2-saralash bosqichi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Midori Honda va Lyudmila Karachik ishtirok etdi.
"Osiyo o‘yinlaridan so‘ng bir oyga yaqin vaqt davomida yig‘in o‘tkazdik. Yaponiya va Vetnam singari kuchli terma jamoalarga qarshi bahs olib borishdan xursandmiz. So‘nggi yillarda jamoamiz o‘sishga erishdi va muxlislarimizdan bizni qo‘llab-quvvatlab turishlarini so‘rayman. O‘zbekiston terma jamoasini yuqori darajaga olib chiqishda davom etamiz", - dedi termamiz ustozi.
Lyudmila Karachik ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bizning asosiy maqsadimiz Olimpiadaga yo‘l olish va buning uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Men va barcha jamoadoshlarim ertangi uchrashuvga tayyormiz", - deya qisqa gapirdi Lyudmila Karachik.
Fikrlar