Parij Olimpiadasida ishtirok etadigan bokschilarimiz soni yana bittaga ortdi!

  • 19 may, 2024, 18:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Parij-2024 olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan ayollar terma jamoamiz sportchilari yana bittaga ko‘paydi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

"-57 kg vaznli bokschimiz Sitora Turdibekova  Parij-2024 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Keyinroq batafsil ma’lumot berib o‘tamiz", - deyailadi federatsiya xabarida.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining yozishicha, Sitora Turdibekova Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari qatnashchilari qatoriga qo‘shildi. 

"Musobaqa tashkiliy qo‘mitasi Turdibekovaning Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlaridagi ishtiroki orqali Parij-2024 qatnashchilari qatoriga kirganini rasman tasdiqladi", - deyiladi MOQ xabarida.

Ma’lumot uchun, bunga qadar 9 nafar bokschimi Parij Olimpiadasi litsenziyasini qo‘lga kiritgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!