"Parma" Brunu Alvesh bilan shartnomani uzaytirdi

Portugaliyalik himoyachi Brunu Alvesh "Parma" bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuvga ko‘ra, tajribali futbolchi A Seriya klubida 2021-yil iyuligacha qoladi.

Alvesh "Parma" tarkibiga 2018-yil erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi. A Seriyaga kelgunicha u "Reynjers" safida to‘p surgan.

Joriy mavsumda 38 yoshli futbolchi italiyaliklar safida 18 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!