Asosiy mazmunga oʻtish

Parti "Arsenal"ni tark etishi mumkin

"Arsenal" futbolchisi Tomas Parti jamoani tark etishi mumkin. Unga bir qator klublardan takliflar bor, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano. 

Yarim himoyachining "kanonirlar" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilda o‘z nihoyasiga etadi. U bilan birga Granit Jaka ham boshqa jamoaga o‘tishga yaqin turibdi. Shvetsariyalik futbolchining keyingi manzili "Bayer Leverkuzen" bo‘ladi. 

Ushbu yozda "Arsenal" bir nechta tayanch yarim himoyachisi sotib olishni rejalashtirgan. Jamoaning asosiy maqsadi Romeo Laviya va Deklan Raysni o‘z tarkibiga qo‘shib olishdir. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q