Pastore Mbappe transferining bir qismi sifatida "Monako"ga ketmoqchi emas

  • 22 avgust, 2017, 13:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi yarim himoyachisi Xaver Pastore parijliklar xaridor bo‘layotgan Kilian Mbappe transferining bir qismi sifatida “Monako”ga o‘tish niyati yo‘qligi haqida aytib o‘tdi.

Tecno

“Bu iste’sno. Eng muhimi bu menga ishonadigan va ko‘proq o‘yin amaliyotiga imkon beradigan joyda o‘ynash. Men bundan hafa emasman. Bilaman, oldimda asosiy tarkibga kirish uchun kuchli raqobat kutib turibdi. Men birinchi navbatda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishim haqida o‘ylashim kerak. Ammo, o‘ylaymanki men PSJda o‘ynash uchun etarli mahoratga egaman”, - deydi Pastore Goal internet-portaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Pastore o‘tgan mavsum Frantsiya chempionatining bor yo‘g‘i 3ta uchrashuvida maydonga tushgan va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!