Pavar uchun La Ligadan taklif bor

  • 7 yanvar, 2023, 11:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyalik futbolchi Benjamen Pavar joriy transfer oynasida Bundesligani tark etishi mumkin. Kicker jurnalistlarining fikricha, "Bavariya" futbolchisida faoliyatini La Ligada davom ettirish imkoniyati mavjud.

Tecno

Benjamenning transferiga "Barselona" qiziqish bildirmoqda. 26 yoshli futbolchining agenti "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati bilan muzokaralarga kirishdi.

Pavard 2019 yildan beri "Bavariya" sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda. Himoyachi joriy mavsum Bundesligada 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!