Pavel Nedved: Allegri "Yuventus"dan ketmaydi
Turinning "Yuventus" klubi vitse-prezidenti Pavel Nedved bosh murabbiy Massimiliano Allegri o‘z lavozimida qolishini aytdi.
“Allegri yangi mavsumda ham “Yuventus” murabbiyi bo‘ladimi? Albatta, uning amaldagi shartnomasi bor va u biz bilan qoladi”, - deydi Nedved.
Eslatib o‘tamiz, “Yuventus” EChL chorak finalida “Ayaks”ga imkoniyatni boy bergach, Allegrining jamoadagi kelajagi so‘roq ostida ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Turinliklar xatto Xosep Gvardiola bilan muzokaralarni boshlab yuborishgani borasida ham turli mish-mishlar tarqalgandi.
Fikrlar