"Paxtakor" - "Lokomotiv". Liga Kubogi prevyusi
Oxirgi turdan avval har ikki jamoa uchtadan ochko to‘plagan va to‘plar farqi ham bir xil ko‘rsatkichga ega. Shu sababli "Paxtakor" g‘alaba qozongan taqdirda musobaqaning chorak finaliga yo‘llanmani kafolatlaydi. Tabiiyki, ilk bor tashkil etilayotgan turnirda jamoalar hozircha to‘qnash kelishmagan. O‘zbekiston Kubogida esa jamoalar uch marta to‘qnash kelishgan. Ularda "Paxtakor" bir g‘alaba, bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etgan. Raqib darvozasi 6 marta ishg‘ol etilib, 3 to‘p o‘tkazib yuborilgan.
"Paxtakor" va "Lokomotiv" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 7 iyul, yakshanba kuni 20:00da "Paxtakor" stadionida boshlanadi.



Fikrlar