"Paxtakor" AGMKga qarshi o‘yinda 2 ochko yo‘qotdimi yoki 1 ochko oldimi?

  • 14 iyul, 2020, 09:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" bosh murabbiyi Shota Arveladze kecha AGMK (2:2) bilan bo‘lgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:

Tecno

- Chempionatning ikki etakchi jamoasi to‘qnash keldi. Qiyin o‘yin bo‘ldi va shunday bo‘lishi ham kutilgandi. Vaziyatlarni yodga oladigan bo‘lsak, bizda yaxshi vaziyatlar yuzaga keldi. Masalan, birinchi bo‘limda bir necha imkoniyatdan foydalana olmadik. Gol o‘tkazgach, kuchimizni sal yo‘qotgandek bo‘ldik. Bu yaxshi holat emas. Birinchi bo‘limdagi vaziyatlarda faqat gol urish kerak edi, xolos. Raqib qarshi hujumda yaxshi o‘ynadi. Umuman olganda, bugun umumiy qaraganda ikki ochko yo‘qotdik, 0:2 dan so‘ng qarasak, bir ochko ishladik.

"Paxtakor"da ko‘p vaziyatlar bo‘ldi, lekin buni omad etishmagani bilan bog‘lamagan bo‘lardim. AGMK himoyachilari yaxshi o‘ynadi, darvozabon ham juda yaxshi o‘ynadi va ko‘p vaziyatlarda jamoasini qutqarib qoldi. O‘zimiz noaniq zarbalar yo‘lladik.

"Paxtakor"ni sentyabrda Chempionlar Ligasi kutib turibdi. Hali buni o‘ylamaymiz, avval o‘sha vaqtga etib olaylik. Orada iyul va avgust oylari turibdi. Futbolda eng muhimi - keyingi o‘yin.

Masharipovning o‘yini oxirgi yillarda o‘zgardi. O‘tgan yili 115 gol urdik, ularning deyarli yarmida Jalol uzatmalarni amalga oshirgan. Bugun uning eng yaxshi o‘yini bo‘lmadi, o‘zi ham harakatlaridan doim xulosa chiqarib boradi. U futbolchi sifatida ancha ulg‘aydi. Bu yil ham deyarli har bahsda gol urishimizga yordam bermoqda. Masharipov biz uchun ham, o‘zbek futboli uchun ham katta ishlar qilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Toxir Sharif
14/07/2020 11:11
2 ochko yòqotdi. AGMK oxirida umuman bòsh òynadi