
"Paxtakor" Alijonovni olib qoldi!
"Paxtakor" klubi etakchilaridan biri - Hojiakbar Alijonov yangi mavsumni yana "Sherlar" safida o‘tkazadi. Bu xususida klub matbuot xizmati e’lon qildi.
"Klubimiz tarbiyalanuvchisi, o‘ng qanot himoyachisi "Sherlar" bilan shartnomasini ikki yilga uzaytirdi.
2017 yil asosiy tarkibda debyutini o‘tkazgan Alijonov "Paxtakor" bilan 4 karra O‘zbekiston chempioniga aylanib, 2 martadan O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi, bir bor Liga Kubogida g‘olib bo‘lishga ulgurdi.
Jamoamiz tarkibida Hojiakbar barcha musobaqalarda 149 o‘yinda maydonga tushib, 7 gol muallifiga aylangan. Endi u 2024 yil oxirigacha "Paxtakor" uchun o‘ynashda davom etadi, - deya xabar bermoqda "Paxtakor" matbuot xizmati.
Fikrlar