"Paxtakor" Antaliyadagi ilk o‘rtoqlik bahsida mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

  • 22 yanvar, 2024, 20:37
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" Turkiyadagi yig‘inida dastlabki nazorat bahsida 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Bosniyaning "Tuzla Siti" jamoasiga qarshi o‘yinning birinchi bo‘limida Maksim Shatskix yosh futbolchilarni sinab ko‘rdi.

Tecno

Raqib ustunligida o‘tgan bo‘limda Pantelich to‘p kiritdi. Tanaffusdan keyin asosiy tarkib a’zolari maydonga tushirildi. Tashabbus to‘liq "Paxtakor" tomoniga o‘tdi. 74-daqiqada Adhamzoda boshlagan hujumni Hamdamov samarali yakunladi. Bir necha imkoniyatlardan futbolchilarimiz foydalana olishmadi.

Shu tariqa, bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Navbatdagi uchrashuv 25 yanvar kuni Ukrainaning "Aleksandriya" jamoasiga qarshi o‘tkaziladi.

"PAXTAKOR" - "TUZLA SITI" (Bosniya va Gertsegovina) 1:1
Gollar: Hamdamov 74 - Pantelich 33.
"Paxtakor": Shevchenko, Todorov, Anvarov, Abdullaev, Poyonov, Rahmatullaev, Usmonov, Ibraimov, Imomov, Habibullaev, Turdimurodov.
2-bo‘lim: Pavlyuchenko, Pazildinov, Ortiqboev, Cheran, Hamdamov, Abdumannopov, Ibraimov, Sobirxo‘jaev, Saidnurullaev, Adhamzoda, Saitov.

"Paxtakor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!