"Paxtakor" asosiy tarkibi qisqa ta’tilga chiqdi
Olmaliqda AGMK bilan kechgan bellashuvdan keyin FIFA kunlari bilan bog‘liq tanaffus yuzaga keldi.
"Paxtakor" asosiy tarkib vakillari uch kun dam olgach, dushanba kunidan mashg‘ulotlarga qaytadi. Bir necha futbolchilar terma jamoalar yig‘inida ishtirok etadi. Navbatdagi rasmiy o‘yinni "Paxtakor" 2 aprel kuni Toshkentda "Metallurg"ga qarshi Superliganing 4-turi doirasida o‘tkazadi.
Mart oyidagi o‘yinlar esa yakunlandi. To‘rt o‘yinning barchasida "sherlar" g‘alaba qozondi. Superkubokda bir, Superliganing uch o‘yinida Xyuistra shogirdlari raqiblardan ustun keldi.

Fikrlar