
“Paxtakor” boshqa klublarning etakchilarini olib, kuchsizlantirmoqdami? Davron Fayzievdan mulohaza (Video)
Bir necha kun avval “Paxtakor” klubi o‘z tarkibini kuchaytirish uchun selektsiya ishlarini olib borayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda “sherlar” o‘zimizning klublarda faoliyat yuritayotgan mahalliy va legionerlarga e’tibor qaratmoqdaligi yozilgan. Jumladan, “Lokomotiv” va “Navbahor” vakillariga qiziqish bildirayotgani va ularni bu borada ogohlantirilganmish.
Shu o‘rinda savol tug‘iladi, tarkibi ayni paytda eng kuchli hisoblangan “Paxtakor” nega boshqa klublarimizning etakchilarini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi? Bundan ko‘zlangan maqsad nima, boshqalarni yanada kuchsizlantirishmi yoki yaxshi o‘yinchilarni tekinga qo‘lga kiritish? Mana shu savollar bilan “SPORTS.uz haftasi” ko‘rsatuvining eksperti taniqli sharhlovchi Davron Fayzievga yuzlandik va u o‘z munosabatini bildirdi.
- Birinchidan, maqsad menimcha, raqiblarni kuchsizlantirish emas. Busiz ham “Paxtakor” maqsadiga erisha oladi. Shunachaki o‘rtacha saviyadagi legionerlar ish bermadi. Buni boshida yangi rahbariyat kelganida qo‘llab ko‘rildi. Lekin o‘xshamadi. To‘g‘ri, Bezerra yaxshi o‘ynadi, ammo hammasi ham emas.
“Paxtakor”ning bu ishini yomon holat deb o‘ylamayman. Moddiy jihatdan kuchli klublar bo‘lsin, o‘zimizning futbolchilarga imkoniyat bersin, mahalliy o‘yinchilar shunday jamoalarda to‘p tepish uchun intilsin. Bu ham bir biznes.
Chempionat saviyasi tushib ketmaydimi? Germaniya Bundesligasi va Ispaniya La Ligasi darajasi tushmayaptiku. Ularda ham grandlar boshqalardan futbolchi olib, chempionlikni qo‘lga kiritishyapti. Bizda ham huddi shu holat ro‘y beryapti. Nega? Chunki klubda mablag‘ bor. Klub infratuzilmani yaxshilab qo‘ydi. Pul evaziga hamma narsani muhayyo qilishmoqda. Futbol bu biznes. Ayniqsa, klublar uchun. Terma jamoa - mamlakat jamoasi. Lekin klublarda pul bo‘lishi kerak. shundagina ular kuchayadi.
“Paxtakor”ning bu ishi uchun unga qarshilik qilsak, professional darajaga chiqib borayotgan jamoani yo‘lini to‘smasdan qolganlar shu saviyaga intilishi kerak. Homiylar kerak klublarga. Shunda raqobatchilari taklif qilgan pulga ko‘nmasdan o‘zining o‘yinchisini saqlab qolish uchun harakat qilsa, to‘g‘ri bo‘ladi. Nima uchun bu olyapti? Chunki uning puli bor. Bu bilan “Paxtakor”ni ayblay olmaymiz. Buni cheklaydigan qonun yo‘q. Ular hammasini to‘g‘ri qilyapti. Gap narigi jamoalarda. Nega etakchisini sotadi? Nega sharoit qilib bermaydi? Nega ambitsiyalariga mos o‘yin ko‘rsatmaydi? degan savol qo‘yish kerak. “Paxtakor” boshqa klublar uchun javobgarlikni bo‘yniga olishi shart emas. Qolaversa, “Paxtakor”da faoliyat yuritsa, raqobat yuzaga keladi, terma jamoaga foydasi tegadi. Ya’ni bu erda “sherlar” noto‘g‘ri ish qilayotgani yo‘q. Boshqalar futbolchisini qo‘yib yuboryapti, to‘sqinlik qilmayapti yoki aksi bo‘lsa ham o‘yinchining o‘zi “Paxtakor”ga o‘ta olmagani uchun hafa bo‘lib qolmoqda. “Paxtakor” u klublarni o‘ylashi shart emas. Raqobatchilari kuchsizlanib qolishini ularga qizig‘i yo‘q. Bu gaplarim qo‘pol tuyular. Lekin o‘ylab qarasangiz puli bor jamoa o‘zi uchun to‘g‘ri ishni amalga oshirmoqdaligini ko‘rasiz.
Nazarimda, boshqalarning o‘zi kuchayishi lozim. Rahbarlar, hokimliklar va kim bo‘lishidan qat’iy nazar klubini kuchaytirishni o‘ylashi darkor va raqobat bo‘lsagina bas kelishi mumkin. “Bavariya”ga raqobatchi yo‘q. Shuning uchun ularga futbolchilarning oqimini to‘xtata olishmayapti. Ispaniyada “Real”, “Barselona” va “Atletiko” moddiy jihatdan ancha kuchliligi bois qolganlardan yaqqol ajralib qolgan. Yangi chiqqan eng zo‘r futbolchilar “Real” yoki “Barselona”da o‘ynashni orzu qiladi. Agar o‘sha futbolchini ketishiga to‘sqinlik qilingchi, hafa bo‘ladi va klubida avvalgidek o‘ynamay qo‘yadi. Futbolchi ham yaxshi sharoitda o‘ynashni xohlaydi.
Shunga biz ham puling bormi, xorijdan futbolchi ol deya olmaymiz. Bu o‘zining ishi. Huddi qo‘shningiz puli ko‘p bo‘la turib, malibu xarid qilsa, unga mersades ol demaymizku, – dedi Davron Fayziev.
Fikrlar
GAPNI QARANG! REAL VA BARSA LIGA CHEMPIONDA NATIJASI BOR. PAXTANING OCHLDA NIMASI BOR. KANSERVA BANKA HAM OLMAGAN
Сиздан бундай жавоб кутмаган эдим.
Сизни бу аклли жавобларингиз хозир хамма клубларимиз хусусий булганда ва хеч булмаганда барча клубларимиз яримпахтакорчалик кучга эга булганда "туппа-тугри" деган булардим.
Сизни жавобингиз яна 20 йиллардан кейин бизни хозирги лигамизга тугри келар балки.
Энди узингиз дуппини ечиб(агар бор булса) бир уйлаб курингчи Пахтакор йил давомида узидан кучсиз ва паст клубларни хеч бир кийинчиликсиз(ракобатчисиз) галабага эришиб кучайиб, тобланиб ОЧЛ боп клуб була олармикан ??? - йук албатта.
Шундай булиши у/н табиийки С/лигамизда камида яна 4та Пахтакор клуби булиши керак.
Назаримда Пахтакор гуёки пролигада мазза килиб осонликча чемпион булиб сунгра супперлигага эмас бирданига сакраб ОЧЛ га чиккандек туйилмокда ва натижаси эса хар йилгидек грухдаёк бурнини оккизиб кайтиб келаверади.
Агар сиз б/н юзма-юз учрашганимда бу борада соатлаб тортишишга тугри келарди, сиз эса шундоккгина(гуёки бошкаларни акли етмайди) хамирдан килни сугириб куя колибсиз.
Сизни жавобингиз жавоб эмас(юракдан эмас) купрок бошка нарсага ухшаб колибди.
Аник айта оламанки узингизни чиройли жавобингиздан узингиз мийигингизда кулиб куйдингиз-ов.
Майли бизни футбол осмонларда учмасдан хеч йук денгиз буйлаб сузганда хам хозир Пахтакор стадионига 60 000 мухлис ташриф буйирган ва 25 000 мингги кучада колган буларди.
Амалда эса санокли фанклуб б/н уйин утказаётган клуб ва клуб уйинчилари (айникса легионерлар) бизни футболга УВОЛ.
Мухлисларни куйиб турган юрагига туз сепиш урнига хамма нарсани уз номи б/н аташга ургансак яхши буларди.
Xaq gap!!
Bizani boshqala bilan bir tiyinlik ishimiz yo'q.
Qo'lidan kelsa olib qolsin.
Paxtakor shu paytgacha ko'p jamoalar uchun futbolchilar tayyorlab bergan va g'ing demay kerak bo'lsa arenda,bo'lmasa sotib yuborardi.
Endi tizim o'zgarmoqda,klubga pul keldi.
Avvalgidek o'yinchi sotib yoki arendaga berib o'sha puldan xodimlar va futbolchilarga oylik berishni o'ylash shart emas.
Kerak bo'lsa xali Osiyoda Bavariya xam bo'lamiz.
Vaqt va sabr!
Xali xammasi oldinda.
Olg'a sherlar!