
"Paxtakor" etakchilaridan biri bugungi muhim o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Sharja" bahsi bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.
Uchrashuvni "sherlar"ning asosiy himoyachilaridan biri Egor Krimets diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi. Uning o‘rnini bugun boshqa futbolchi egallaydi.
Bellashuv "Futbol TV" orqali jonli efirda namoyish etiladi. O‘yinni Davron Fayziev sharhlaydi.
Guruhdagi ikkinchi bahsda Iroqning "Eyr Fors" klubi Eronning "Traktor" jamoasi bilan kuchsinashadi. O‘yin 20:00da start oladi.
Fikrlar