
"Paxtakor" etakchisini "Qatar SK"da kutishyapti
Jaloliddin Masharipovni o‘z safida ko‘rishni xohlayotgan klublar juda ko‘p. Ayniqsa, qatarliklar bu borada faollik ko‘rsatmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “Qatar SK” klubi “Paxtakor” etakchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. O‘z o‘rnida, Masharipov klub xo‘jayini bilan gaplashganini tan oldi:
- Ha, bu rost. Ular meni keyingi yilgacha kutishlarini aytishdi. “Qatar SK” klubining xo‘jayini bilan gaplashdim. Seni keyingi yilgacha kutaman va yana aloqaga chiqamiz, dedi. Unga ham vaziyatni tushuntirdim. “Qatar SK” ham meni o‘z safida ko‘rishni istayotganini yashirmadi. Biz bir-birimizga katta hurmat bilan qaradik, - dedi futbolchi.
Hammani Jaloliddin Masharipovning keyingi taqdiri qanday kechishi qiziqtiryapti. Shu munosabat bilan futbolchi sports.uz saytiga katta intervyu berdi. Unda hali hech qaerda aytilmagan gaplar ham bor. Tez orada saytimizda mazkur qiziqarli suhbatni o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar
Ула бизни футболчиларни сотиб олиб журттага синдиради.
Миллийни синдириш максадда
Пул деб араб улкаларида йук болиб кетади Афсус