"Paxtakor" Frantsiyaning eng nomdor jamoalaridan biri - "Tuluza"ni 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganini bilasizmi?

  • 22 may, 2020, 17:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

1966 yil "Paxtakor" xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvida Frantsiyaning "Tuluza" jamoasini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganini ko‘pchilik bilmasa kerak.

O‘shanda "Tuluza" mavsumga tayyorgarlikning oxirgi bosqichida "Paxtakor" bilan o‘rtoqlik bahsida maydonga tushgan. Bir mavsum avval jamoa Frantsiya chempionatida 4-o‘rinni egallab, Evrokuboklarga yo‘llanma olgandi. 7 avgust kuni Toshkentda o‘tkazilgan bellashuvda Dorsini, Bernar va Le Yuro kabi ijrochilarga ega bo‘lgan jamoaning jiddiy qarshilik qilishi kutilgandi. Bir necha futbolchilar Frantsiya terma jamoasiga nomzod sanalar, Monin esa Paragvaydan bo‘lib, Janubiy Amerikaning etakchi klublaridan biri "Flamengo"dan frantsuz klubiga kelib qo‘shilgandi. Qolaversa, o‘sha yili mart oyida "Tuluza" o‘rtoqlik uchrashuvida Moskvaning "Spartak" klubini 2:0 hisobida dog‘da qoldirgandi.

O‘yinni hujumkor tarzda boshlagan "Paxtakor" raqibni keskin hujumlari bilan dovdiratib qo‘yadi. Tez orada Birodar Abduraimov va Bahodir Ibrohimov ijrosidagi hujumni Abduraimov aniq zarbasi bilan golga aylantirdi. 21-daqiqada Maqsud Sharipovdan to‘pni qabul qilib olgan Abduraimov dublini nishonlaydi. "Tuluza" esa o‘yin oxirigacha o‘ziga kelishga ulgurmaydi. Ikkinchi bo‘limda Abduraimov xet-trikka erishgan bo‘lsa, Gennadiy Krasnitskiy va Bahodir Ibrohimov ham o‘z hisobiga bittadan gol yozib qo‘yadi. Shu tariqa afsonaviy murabbiy Mixail Yakushin qo‘l ostida "Paxtakor" o‘z tarixidagi eng ajoyib g‘alabalardan birini qayd etadi.

"PAXTAKOR" - "TULUZA" - 5:0 (2:0)

1966 yil 7 avgust. "Paxtakor" stadioni. 

Gollar: Abduraimov 14, 21, 68, Krasnitskiy 82, Ibrohimov 88.

"Paxtakor": Yuriy Pshenichnikov, Rival Zokirov, Vladimir Shtern, Viktor Naumenko, Vitaliy Suyunov, Vyacheslav Soloxo, Maqsud Sharipov, Ahrol Inoyatov, Bahodir Ibrohimov, Gennadiy Krasnitskiy, Birodar Abduraimov.

"Tuluza": Jyuspen, Muton, Bad, Monin, Reden, Bernar, Suxan, Dorsini, Brek (Ludon), Bryuneton, Le Yuro.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ibrohim Kuziev
22/05/2020 18:43
Klupni yosh bolarini yutgan bulsa kerak ertagni uziki 18 U
Ibrohim Kuziev
22/05/2020 18:42
Ola yalģoni