"Paxtakor" hamda "Nasaf" haqida: "OChL bilan futbol tugab qolmaydi, mutasaddilar "Nasaf" futbolchilarini saqlab qolish yo‘lini topishi kerak"

  • 27 aprel, 2022, 15:39
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 4
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo Chempionlar ligasi guruh bahslarida vakillarimizning ishtirokini diqqat bilan kuzatib bordik. Afsuski, “Paxtakor” guruhda qolib ketdi (garchi oxirgi turda 5:4 hisobida yutgan bo‘lsa ham).

Tecno

Endi bor umidimiz “Nasaf”dan. Ularda keyingi bosqichga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat bor. Kuni kecha Sports.uz saytiga intervyu bergan Aziz Haydarov mazkur klublarimiz borasida shunday degan:

“Osiyo Chempionlar ligasi bilan futbol tugab qolmaydi. Guruhda qolib ketishimiz yoki chiqishimiz biz uchun birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. Biz uchun u erda chempion bo‘lishimiz yangilik bo‘lishi mumkin. “Paxtakor”ning oldida O‘zbekiston chempionati va Kubok o‘yinlari turibdi. Bunday o‘yinlardan tushkunlikka tushish yaramaydi. Oldinga qarab intilishda davom etish lozim. Bu bitta musobaqa. Milliy terma jamoamiz uchun jahon chempionatiga chiqish asosiy maqsad bo‘lsa, klublarimiz uchun Osiyo Chempionlar ligasini yutish orzu sanaladi. Ko‘ngilni cho‘ktirmaslik kerak. “Paxtakor”da murabbiylar o‘zgardi, o‘rniga yangilari keldi. O‘ylaymanki, O‘zbekiston chempionati juda qiziq kechadi. Superligada baribir favorit deb “Paxtakor”ni aytaman. Futbolchilari anchadan beri birga o‘ynashyapti.

“Nasaf” yaxshi loyiha. Bu jamoaning o‘yini yanada ijobiy taassurot qoldiryapti. Futbolchilarning ishtiyoqi yuqori. Murabbiyining mehnati ko‘rinib turibdi. Raqiblar “Nasaf” bilan uchrashuvda qiynalishyapti. Jamoadan ko‘plab yaxshi o‘yinchilar chiqyapti va boshqa klublarda ham o‘ynashyapti. Klub mutasaddilari “Nasaf”ni O‘zbekiston chempioni bo‘lishi uchun futbolchilarni qanday ushlab qolish yo‘lini topishi kerak. Ko‘p intervyularni o‘qiyapmiz. Ayrimlar “Nasaf”da g‘olibona ruh yo‘q deyishadi. Sira ham unday emas. Tarkibini “Paxtakor”niki bilan solishtirganda nomlar bo‘yicha unchalik tanilmagan. Lekin jamoa juda ishonchli o‘ynayapti”, - deya o‘z munosabatini bildirgan, Haydarov.

Eslatib o‘tamiz, bugun "Nasaf" jamoasi "Al-Vehdat"ga qarshi muhim o‘yinini o‘tkazadi.

"Amonovni futbolchi bo‘lolmaydi, deb o‘ylardim, zo‘r raqiblar bilan tekinga o‘ynashimiz mumkin edi, ammo..." yoxud Aziz Haydarov Katanetsga ilk bor qo‘ng‘iroq qilganida nima degandi?

"Berdievda top-futbolchilar yo‘q, ammo jamoaning o‘yin uslubi raqibni "sindirdi" - "Nasaf" OChLda qaergacha borishi aytildi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
27/04/2022 22:32
Пахтакор ОЧЛда ҳамма ўйинларда дарвозабонсиз ўйнаганини ҳам ҳисобга олиш лозим
Жабборов Ахмаджон
27/04/2022 20:32
Тўғри очл билан футбол тугаб қолмайди лекин кимни ким эканлиги шу ерда билинди
YAHYOBEK MUXTOROV
27/04/2022 16:32
Чиндан хам пахтакор суперлигада фаворит хакамлари билан биргўр бўлганида албатта
Gulomqodir Askhanov
27/04/2022 16:01
Пахтакор хам Насаф хам Давлатимизга Камида 400 .000 $ пул ютиб олиб келяпди экан бу Оз булса хам Ватанпарварликни куринишидан биттаси эмасми
Чемпионка чикмаса хам лекин фойда беришни бошлади.( Тугри давлат сарфи хам катта буляпди лекин футболчилар нонини оклашяпди харакат бор экан.)