"Paxtakor" joylashgan guruhda vaziyat qanday? "Sherlar" guruhdan chiqa oladimi? (Turnir jadvali)

  • 21 sentabr, 2020, 16:48
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha "Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan "Shabab Al-Ahli"ga qarshi bahsda maydonga tushdi. Shota Arveladze shogirdlari Aziz G‘aniev faoliyat olib borayotgan BAA klubi bilan durang qayd etdi. Tomonlar ham qancha harakat qilsa ham darvozalarga yo‘l topilmadi.

Natijada, toshkentliklar hisobidagi ochkolar 8 taga etdi. Dubay vakili esa, 7 ochko jamg‘ardi.

EiYiEoQX0AIoBjv

Shu kuni guruh peshqadami "Al-Hilol" autsayder "Shahr Xodro" bilan kuch sinashdi. E’tiborlisi, saudiyaliklar eronliklarga gol ura olmadi. Bu o‘yin ham 0:0 hisobi bilan tugadi.

Musobaqaning amaldagi chempioni "Al-Hilol" 11 ochko bilan muddatidan avval pley-offga yo‘l oldi. "Paxtakor" va "Shabab Al-Ahli" oxirgi turda kim keyingi bosqichga yo‘l olishi masalasini hal etadi.

EiY8fXiXsAQiKwz

6-turda Aziz G‘aniev jamoasi "Al-Hilol"ga qarshi maydonga tushsa, "Paxtakor" Eron klubi bilan o‘ynaydi.

6-tur, 23 sentyabr

"Al-Hilol" - "Shabab Al-Ahli"

"Shahr Xodro" - "Paxtakor"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!