"Paxtakor" legioneri: "Mendan ko‘p narsa kutishayotganini bilaman"

Xabaringiz bor, ertaga O‘zbekiston Superkubogidan o‘rin olgan "Paxtakor" va "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tadi.

Ushbu o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida "sherlar" legioneri Oliver Sharkich ishtirok etdi. 

– Uchrashuvni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Oxirgi paytlarda amalga oshirgan ishlarimizni amalda isbotlash uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.

Mendan ko‘p narsa kutishayotganini bilaman. Shu sababli bor kuchim bilan jamoa g‘alabalariga hissa qo‘shishga intilaman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!