"Paxtakor": Mavsumning umumiy statistikasi

  • 27.11.2017 16:41
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol

2017 yilgi mavsum yakunlarini sarhisob qilish va futbolchilar ko‘rsatkichlarini e’tiboringizga taqdim etamiz. Bu haqda "Paxtakor" matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu mavsumda maydonda eng ko‘p vaqt o‘tkazgan futbolchilar uchligi Vladimir Kozak, Aleksandr Lobanov va Igor Sergeev bo‘ldi.

Jami 31 nafar futbolchi murabbiylar tomonidan maydonga tushirildi. Ulardan uch nafari birinchi davradan so‘ng jamoani tark etishdi - Adnan Oraxovats, Yuritsa Bulyat va Xushnud Avilov.

Behruz Sa’dullaev atigi 12 daqiqa o‘ynagan bo‘lishiga qaramay, gol urishga ulgurgani e’tiborga molik. Eng ko‘p gol urish borasida Igor Sergeev o‘zini ko‘rsatdi. U raqiblar darvozasini 13 bor ishg‘ol qilishga erishdi. Bezerra ikkinchi davraning o‘zida 4 to‘p kiritdi. Nurullaev, Kozak va Simich esa uchtadan golni hisoblariga yozib qo‘yishdi.

Sariq kartochka olish borasida "rekordchi" Davron Hoshimov bo‘ldi. U hakamlar tomonidan 8 marta ogohlantirilgan bo‘lsa, Azim Ahmedov hisobida 7 sariq kartochka mavjud. Bir uchrashuvda ikki martadan sariq kartochka olib, maydondan chetlatilgan futbolchilar Lobanov va Tojiev bo‘lishdi.

Eng yoshi katta futbolchi jamoa sardori Kamoliddin Tojiev so‘nggi marta maydonga tushganda 34 yosh, 6 oy va 16 kunlik edi.

Eng yosh o‘yinchi sifatida Ibrohim G‘anixonov e’tirof etiladi. "Qizilqum"ga qarshi 3 mart kuni o‘tgan bellashuvda u 16 yosh, 7 oy va 16 kunlik edi. G‘anixonov oliy liga tarixida 2000 yilda tavallud topgan futbolchilar orasida birinchi marta maydonga tushgan o‘yinchi hisoblanadi.

"Paxtakor" futbolchilarining 2017 yildagi daqiqalar bo‘yicha ko‘rsatkichlari

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!