
"Paxtakor" murabbiyi, Krimets va Rashidov ertangi o‘yin oldidan nimalar dedi?
Xabaringiz bor, ertaga Samarqanddagi "Dinamo" o‘yingohida O‘zbekiston Superkubogi bo‘lib o‘tadi. "Paxtakor" vakillari ishtirokida O‘zbekiston Superkubogidan oldin matbuot anjumani boshlandi. Unda "sherlar" ustozi Piter Xyuistra, himoyachi Egor Krimets va yarim himoyachi Sardor Rashidovlar ishtirok etdi.
Xyuistra: - Jamoamiz ushbu kubokni hali qo‘lga kiritmagan. Biz ertaga ushbu bo‘shliqni to‘ldirishni istaymiz. Maqsadimiz g‘alaba qozonib, sovrinlarimiz sonini oshirish.
Rashidov: - Samarqandga Superkubokni yutish uchun keldik. O‘zim ham birinchi marta unda ishtirok etaman.
Krimets: - Yangi mavsumni ijobiy hissiyotlar bilan boshlashni xohlaymiz. Muxlislar bizdan sovrin kutishmoqda. Buni amalga oshirishni istaymiz.
Rashidov: - "Paxtakor" o‘tgan yili Chempionlar Ligasida ajoyib o‘yin ko‘rsatdi. Endi jamoa uchun bor kuchim bilan o‘ynab, muvaffaqiyatlarga erishishga umid qilaman. Mavsumda bizni ichki va xalqaro musobaqalar kutmoqda.
Xyuistra: - O‘yinchilar ketishi va kelishi odatiy hol. Bunga tayyor turish kerak. Hamrobekov yaxshi saviyadagi futbolchi, lekin tarkibimizda yaxshi saviyali futbolchilar etarli. Superkubok mavsumga qay darajada hozirligimizni ko‘rsatadi.
- Raqibda ham bir necha o‘zgarishlar ro‘y berdi. Mavsumga tayyorgarlik jarayonida bir necha o‘yinlarini ko‘rdim. Tarkib o‘zagini saqlab qolishdi. O‘yin uslubi o‘zgarmagan. Ular jiddiy qarshilik ko‘rsatib, jips futbol namoyish etishadi.
Rashidov: - Jamoam uchun yordam berishga urinaman. Raqib muxlislari sizga gapirishi yoki tanqid qilishi mumkin, ammo men klubim uchun mehnat qilaman. Jamoam ishqibozlari mendan yaxshi harakatlar kutishadi.
Krimets: - Himoyada ko‘p yillar o‘ynaganda hujumchilar jussasiga qarab o‘ynash tajribasiga ega bo‘lasiz. Har bir raqib uslubini o‘rganib chiqib, shunga yarasha chora ko‘ramiz.
Xyuistra: - O‘yinchilar har xil bo‘ladi. Vazifam ular orasida bog‘lamni tezroq shakllantirish va yaxshi o‘yin ko‘rsatishga urinish. Bu o‘ziga xos boshqotirma, undan chiqib ketishga intilamiz.
Fikrlar